2026-2027-öquv yilida 795 ming nafardan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinişi rejalaştirilgan. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova rahbarligida ötgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, bu yil bolalarni umumta’lim maktablariga onlayn qabul qiliş qamrovi oşirildi hamda bu turdagi tuman va şaharlar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1950 tadan 5690 taga köpaydi. Toşkent şahri va Buxoro viloyatidagi maktablar töliq onlayn qabul şakliga ötkazildi.
Şu bilan birga, ixtisoslaştirilgan, prezident, ijod, sport maktablari, Al-Beruniy xalqaro maktab-internati hamda Milliy dasturga qabul jarayonlari onlayn tarzda olib borilmoqda va bugungi kunga qadar uşbu maktablarga kiriş uçun 150 mingdan ziyod ariza kelib tuşgan.
Mazkur maktablarga kiriş imtihonlari respublika böylab 15 iyundan 31 iyulga qadar ötkaziladi. Bu yilgi tartib böyiça prezident maktablarining birinçi bosqiç imtihonlari bir smenada ötkazilişi belgilangan.
«Jasorat maktablari»ga kiriş uçun 14826 ta ariza kelib tuşgan bölib, bu boradagi eng yuqori körsatkiç Namangan, Farğona va Andijon viloyatlariga tegişli.
Yiğilişda yozgi oromgohlar faoliyatini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Qayd qilinganidek, şu maqsadda vazirlik markaziy apparati hamda vazirlikning hududiy bölinmalarida «Yoz - 2026» ştablari taşkil etilgan.
Muloqot davomida umumta’lim maktablar qoşida taşkil etilgan 1242 ta soğlomlaştiriş maydonçasida 156 ming nafardan ortiq bolaga sifatli dam oliş şaroitini yaratiş uçun hududiy mas’ullar va vazirlikning tuman (şahar) bölimi boşliqlariga mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda zarur çoralarni köriş böyiça topşiriqlar berildi.
Ma’lumot örnida aytilişiça, bu yil Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tarkibidagi 179 ta statsionar oromgohda 158 ming nafar, vazirlik tizimidagi 21 ta soğlomlaştiriş oromgohiga 7 ming nafar bolani qamrab olinişi rejalaştirilgan bölib, bunda öquvçilar maxsus işlab çiqilgan 12 kunlik namunaviy dastur asosida hordiq çiqaradi.

















