O‘zbekiston | 09:30 / 22.08.2023
3928
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlar va ota-onalar uchun maslahat markazlari tashkil etildi

Bilimni baholash agentligi hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ota-onalar barcha savollarga javob olishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishi shart emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, ular tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

Bilimni baholash agentligi hududiy bo‘limlari manzili bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

Qayd qilinishicha, abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Bilimni baholash agentligining vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala bo‘yicha bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Mavzuga oid