O‘zbekiston | 13:26 / 29.08.2023
4467
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentda 2023 yilning 31 avgust kunidan 3 sentabr kuniga qadar Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan «Yangi nafas» xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan:

  • Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha (31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentabr kuni soat 10:00 gacha);
  • Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha (3 sentabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha) yopiladi.

Shu sababli, ko‘chaning ko‘rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi 141-, 51-, 97-, 140-, 22-, 38-, 58-, 98-, 18-, 196-, 97-, 57-, 67-, 2-, 16-, 26-, 80-, 81-, 12-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati boshqa ko‘chalar orqali tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid