Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi ikki kun kechki soatlarda yopiladi
Faqatgina bayram tadbirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishi mumkin.
Joriy yilning 31 avgust hamda 1 sentabr kunlari O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli poytaxtning Maxtumquli-Ohangaron shohko‘chasidan Yangi O‘zbekiston - 4P12 yo‘li kesishgan chorrahasigacha soat 19:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Faqatgina bayram tadbirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishi mumkin.
Toshkent viloyati tomondan Yuqori Chirchiq tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani hamda Parkent tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar 4R12 yo‘li bo‘ylab “Sharq” YPX maskani orqali poytaxtga kirishi tavsiya etiladi.
Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent tumani, Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar Chirchiq shahri orqali Yuzrabot ko‘chasi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasi orqali poytaxtga kirishi tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026