Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkilamchi rangli metall yig‘uvchi tadbirkorlar diqqatiga
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati yoki XII «O‘zIkkilamchiRangliMetall» AJ Markaziy Osiyodagi rangli metallarni ikkilamchi qayta ishlash bo‘yicha yagona ixtisoslashtirilgan korxona bo‘lib hisoblanadi.
Bugun XII «O‘zIkkilamchiRangliMetall» AJ O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tayyorlash tashkilotlarining keng tarmog‘iga ega bo‘lgan va barcha iqtisodiyot tarmog‘ini sifatli rangli metallar bilan ta’minlovchi zamonaviy korxonadir.
XII «O‘zIkkilamchiRangliMetall» AJ mamlakatimiz korxonalari, shu jumladan barcha turdagi tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirib, aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib, xususan sanoat tarmog‘i va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda, o‘zaro hamkorlik yuzasidan takliflarni muhokama etish uchun tadbirkorlar qabulini amalga oshirmoqda.
Hozirgi kunda kooperatsiya va mahsulot turlarini kengaytirish asosida ishlab chiqarish jarayoniga kichik biznes korxonalarini jalb etish ishlari olib borilmoqda va XII «O‘zIkkilamchiRangliMetall» AJ O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida faoliyat yurituvchi, ikkilamchi rangli metallarni yig‘uvchi barcha tadbirkorlarni dilerlikka taklif etadi.

Hamkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan barcha tadbirkorlar yuqorida keltirilgan raqamlar orqali hududlar miqyosida javobgar bo‘lgan kuratorlarga aloqaga chiqishlari mumkin.
Reklama