Jahon | 18:20 / 04.09.2023
12704
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning Pragyan oyyurari «uyquga ketdi»

Apparat Oyning janubiy qutbida quyosh chiqqunga qadar «uyqu» rejimiga o‘tkazildi.

Foto: PA

Hindistonnik Pragyan oyyurar apparati ikki haftalik tadqiqot va tajriba dasturini yakunladi va «uyqu» rejimiga o‘tkazildi. Endi uni quyosh chiqadigan navbatdagi kun - 22 sentabrda uyg‘otishga harakat qilishadi.

Hozir Oyda tun boshlandi va u deyarli 15 Yer kuni davom etadi. Tuproqning yuqori qatlamlari -170°S gacha muzlaydi, mutlaqo qorong‘ilik boshlanadi, shuning uchun apparat bilan hech qanday manipulyatsiya qilish mumkin emas.

Pragyan akkumulyatori to‘liq zaryadlangan va quyosh panellari keyingi quyosh chiqishida yorug‘likni qabul qilishga yo‘naltirilgan. Hindiston kosmik agentligi kema Oy tunidan «omon chiqishi» va yangi tajriba va sinovlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun uyg‘onishiga umid qilmoqda.

Umuman olganda, missiya davomida Pragyan Oyda 100 metrga yaqin masofani bosib o‘tdi, bir qancha suratlarni oldi va tuproqni tahlil qildi. Undan alyuminiy, kalsiy, temir, xrom, titan, marganets va kremniy topdi.

Hindistonning Chandrayaan-3 stansiyasi Pragyan apparati bilan 23 avgust kuni Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Hindiston Oy missiyasida muvaffaqiyatga erishgan to‘rtinchi davlat bo‘ldi (SSSR, AQSh va Xitoydan keyin) va birinchi bo‘lib Oyning janubiy qutbiga apparat qo‘ndirdi.

Mavzuga oid