Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Muqimiy ko‘chasi deyarli bir oyga qisman to‘sib qo‘yildi
Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab ko‘chani qisman to‘sib qo‘ygan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Veolia Energy Tashkent isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlarini boshladi.
Ta’mirlash ishlari davomida 10 sentabrdan 5 oktyabrgacha Muqimiy ko‘chasi qisman to‘sib qo‘yiladi. Quvurlarni ko‘chirishdan tashqari (har birining diametri 700 mm va umumiy uzunligi 1 km), zulfinlar va ba’zi uskunalar ham almashtiriladi.
Ish iste’molchilarga issiq suv ta’minotini cheklamasdan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 11-15 sentabr kunlari «Toshkent IEM» («IES» AJ filiali) rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari doirasida Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga issiq suv berishni to‘xtatgan.
Shu tariqa, 11-15 sentabr kunlari Muqimiy ko‘chasida issiq suvning yo‘qligi «Toshkent IEM»ning rejali to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
13:53 / 20.03.2026
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
09:29 / 24.12.2025