20:55 / 14.09.2023
17292

Bosh vazir amaldorlarga din yoki davlat ishini tanlashi kerakligini aytmagani ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu haqdagi xabarlar haqiqatga zid ekani aytildi.

Foto: Kun.uz

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan majlis tafsilotlari ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov ma’lum qildi.

«Go‘yoki Bosh vazir amaldorlarga qarata dinni yoki davlatdagi ishini tanlashi kerakligini aytgandek qilib tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Blogerlardan tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini, tarmoq foydalanuvchilaridan esa bunday mavzudagi xabarlarga umuman ishonmasliklarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Hidoyatovning eslatishicha, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunida fuqarolarning diniy erkinligi va diniy e’tiqodi huquqiy jihatdan kafolatlab qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top