Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Toşkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida mamlakatning yaşil energiyaga ötişi hamda qöşni mamlakatlar bilan amalga oşirilayotgan ikkita yirik gidroelektr stansiyasi loyihalari haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Aripovning ta’kidlaşiça, Özbekistonda har yili energiyaga bölgan talab 5-6 foizga oşyapti. Uşbu talabni qondiriş uçun turli çoralar körilyapti.
“Tarmoqqa ulangan qayta tiklanuvçi energiya manbalari natijasida 1,5 mlrd kilovatt elektr energiyasi işlab çiqarildi. Xorijiy hamkorlar bilan 14 mlrd dollarga teng 12 gigavattlik 31 ta yaşil generatsiya quvvatlari barpo etilmoqda. Prezident tomonidan quyoş elektr stansiyalari doirasida 300 megavatt quvvatlar tarmoqqa ulandi. Joriy yil yakuniga qadar yana 2 gigavattdan ortiq yaşil energiya quvvatlari işga tuşiriladi. Natijada joriy yil yakuniga qadar yaşil energiya quvvatlarini hozirgi 18 foizdan 30 foizga yetkaziş kutilyapti”, – dedi boş vazir.
Uning sözlariga köra, 2030 yilgaça Özbekistonda işlab çiqariladigan jami elektr energiyasining 50 foizi yaşil energiya bölişi rejalaştirilgan. Abdulla Aripov gidroenergetika yaşil energetikaning ajralmas qismi hisoblanişini ta’kidlarkan, bu yönalişda qöşnilar bilan hamkorlikda 3,2 mlrd dollarlik qiymatdagi 2 ta yirik loyiha amalga oşirilayotganini aytdi.
“Birinçisi, Qirğiziston va Qozoğiston bilan birgalikda qiymati 2,9 mlrd dollarlik 1860 megavatt quvvatga teng Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilişi loyihasini amalga oşirişni rejalaştirganmiz. Mazkur loyiha Qirğiz Respublikasi hududida Norin daryosida barpo etilib, 5,6 mlrd kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasini işlab çiqariş imkonini beradi. Bu Özbekiston uçun strategik ahamiyatga ega loyiha. Bundan nafaqat ekologik toza energiya işlab çiqariladi, balki mintaqadagi suv resurslarini samarali boşqariş va undan oqilona foydalaniş imkoni ham yaratiladi”, – dedi u.
Abdulla Aripov Jahon banki uşbu loyihani amalga oşirişni birinçilardan bölib qöllab-quvvatlaganini ta’kidlarkan, mintaqadagi muammolarni hal etişga qaratilgan bu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqişga grant mablağlarini ajratgani uçun Özbekiston hukumati nomidan bankka minnatdorçilik bildirdi.
“Boşqa xalqaro moliya institutlarini ham uşbu loyihada faol iştirok etişga taklif qilamiz. Qisqa muddatda uç tomonlama hukumatlararo bitimni imzolab, amaliy harakatlarni boşlaş uçun qöşma korxona taşkil etiş niyatidamiz. Stansiya tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasining Qirğiz Respublikasi ehtiyojidan ortgan qismini Özbekiston va Qozoğiston tomonidan kafolatli sotib oliş böyiça şartnoma imzolaymiz”, – dedi u.











