MDH ijroiya qömitasi xabariga köra, majlis kun tartibi loyihasiga 12 ta masala kiritilgan. An’anaga köra, tor doirada kengaş a’zolari Hamdöstlik mamlakatlaridagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb mavzulari böyiça fikr almaşadilar.
Energetika sohasida hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oşiriş böyiça ustuvor çora-tadbirlar rejasi loyihalari, şuningdek, MDHga a’zo davlatlar hududlari orqali ötuvçi infratuzilmani optimallaştiriş va xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş böyiça Harakatlar rejasini keng formatda muhokama qiliş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, yiğilişda soğliqni saqlaş, kimyo sanoati, xavfli çiqindilar bilan işlaş va intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikka oid qator hujjatlarni qabul qiliş rejalaştirilgan.
Hukumat rahbarlari kengaşi kun tartibidagi yana bir masala – Aşxobodni Hamdöstlikning yangi sport imkoniyatlari şahri deb e’lon qiliş.
Majlis işida Özbekistondan boş vazir Abdulla Aripov hukumat rahbari sifatida iştirok etişi kutilyapti.












