Bugun, 25 mart kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi elçixonasiga taşrif buyurdi.
Boş vazir matbuot kotibi xabariga köra, Abdulla Aripov RF elçisi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirgan.
Avvalroq, Boş vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Vladimir Mişustinga Moskva viloyatidagi Crocus City Hall majmuasida sodir bölgan terakt oqibatida köplab insonlar halok bölgani va oğir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.
Moskva şahri yaqinidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bölgan 137 kişining jasadi topilgan, hududni közdan keçiriş işlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi xabar berdi.
Ayni vaqtga kelib 62 jasadning şaxsi aniqlangan, qolganlari böyiça ekspertiza ötkazilmoqda.

















