Ekologlarning kuchi bitta echki va uning egasiga yetdi
Navoiyda ekologlar echkisi daraxt ko‘chatiga arzimas shikast yetkazgan kishini jarimaga tortdi. Unga 1 mln 650 ming so‘m jarima yozilib, 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yashovchi kishi echkisining “beboshligi” ortidan 2,6 mln so‘mga tushdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, Tomdi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Jarayonda fuqaro S.T.ga tegishli bo‘lgan bir bosh echki Sharq ovulida joylashgan “Sharq bog‘dorchilik” shirkati hududida bir tup daraxt ko‘chatiga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajasida shikast yetkazgani aniqlangan. Daraxt ko‘chati kuz mavsumida o‘tqazilgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 1 mln 650 ming so‘m jarima va 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.
Mavzuga oid
16:47
Daraxtlarga kimyoviy vositalar bilan shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
13:31
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
17:14 / 20.11.2024
Chirchiq shahrida 4 tup yong‘oqni kesgan shaxs tabiatga 247 million so‘m zarar yetkazdi
13:55 / 20.11.2024