Jahon | 15:20 / 25.09.2023
15412
5 daqiqa o‘qiladi

Protezga ko‘nikayotgan ukrain askarlari va Xarkiv yaqinidagi vayronalar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 578-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kurskka shahar kunida ukrain dronlari hujum qildi. Birinchi dron shahar markazidagi binoga borib urilgan — Ukrainadagi manbalarga ko‘ra, bu Rossiya FXXning region bo‘yicha boshqarmasi binosi hisoblanadi. Kursk oblasti rahbari binoda (u aynan qanday bino haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan) «tom biroz shikastlangan». Ukraina tomoniga ko‘ra, ikkinchi dron neftni qayta ishlash zavodiga zarba bergan. Region rasmiylari ikkinchi dron zarbasi to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.
  • Florida gubernatori va AQSh prezidentliga respublikachilarning nomzodlaridan biri Ron Desantis Ukrainaning NATOga kirishi «bizning manfaatlarimizga mos emas» dedi. U AQSh agar «mojaroni to‘xtatish uchun barcha ta’sir richaglaridan foydalanmasa», Ukrainaga cheksiz yordam ko‘rsatmasligi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
  • «DNR»da komendantlik soati va internet hamda telefon muloqotlaridagi xatlar va xabarlarga harbiy senzura joriy etildi. Bu aynan qanday ishlashi FXXning hududiy boshqarmasi hamda anneksiya qilingan hududning aloqa va axborot vazirligi tomonidan belgilanishi kerak.
  • RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya Ukrainaning 1991 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi bandlariga ko‘ra hududiy yaxlistligini «hurmat qilishi»ni bildirdi.

Xarkiv yaqinidagi Stariy Saltovdagi hayot

Stariy Saltov — Xarkiv oblastidagi posyolka bo‘lib, Rossiya bilan chegaradan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan. Rossiya armiyasi uni 2022 yil martida egallab olgandi — ikki oy o‘tib bu yer Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytariladi. Okkupatsiya vaqtida va undan keyin davom etgan otishmalar oqibatida Stariy Saltovdagi binolarning 90 foizi vayron bo‘lgan — posyolkani faqat urush yakunlanganidan keyin qaytadan tiklash mumkin.

Stariy Saltovda yashovchi 11 yoshli David va Oleg vayron bo‘lgan uylardan birida
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qo‘ng‘irog‘ini raketa olib ketgan ibodatxona
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shikastlangan turar joy binosi fonidagi bolalar
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Oziq-ovqat do‘koni yonidagi sotuvchilar
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Stariy Saltov aholisi vakillari vayron bo‘lgan uy yonidan o‘tmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut yaqinidagi ukrain hospitali

Ukrainalik harbiy vrach Baxmut yaqinidagi dala hospitalida yarador askarning qo‘lini bog‘lamoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi ustaxonada Ukraina qurolli kuchlari uchun avtomobil yig‘ayotgan ko‘ngillilar

Aziz Karimov / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Aziz Karimov / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Lvivda ukrain askarlarining reabilitatsiya jarayoni

Superhumans — Ukrainadagi protezlash, rekonstruktiv jarrohlik, reabilitatsiya va urushda jarohatlangan odamlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash markazi. Markazdagi laboratoriyada protezlar tayyorlanadi va yig‘iladi, shuningdek, bu yerda reabilitatsiya basseyni va hatto protezlar muzeyi mavjud. Klinikadagi barcha xizmatlar yarador harbiylar uchun tekin.

Oyog‘ini yo‘qotgan ukrain askari trenajyorda yurish mashqlari bilan shug‘ullanmoqda, bu unga protezga ko‘nikishda yordam beradi
Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images
Oyog‘idan ayrilgan ukrainalik jangchi qo‘ltiqoyoqda reabilitatsiya markazi yo‘lagi bo‘ylab harakatlanmoqda
Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images
26 yoshli askar Roman Marinkoy Donetsk oblastidagi Maryinka shahri uchun janglar vaqtida chap qo‘li panjasi va o‘ng qo‘lidagi bir necha barmoqlaridan ayrilgan
Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images
Andrii Nesterenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Mavzuga oid