Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzodlardan biri Ron DeSantis Ukrainaning NATOga a’zo bölişiga qarşi çiqdi va bu AQŞ xavfsizligi manfaatlariga töğri kelmaydi, degan fikrni bildirdi. «Öylaymanki, Ukrainaning NATOga a’zoligi bizning manfaatlarimizga töğri kelmaydi. Bu faqat majburiyatlarimizni oşiradi, ammo agar biz yana köproq majburiyatlarga ega bölsak, buning evaziga qanday foyda olamiz?» — dedi u amerikalik jurnalist Glenn Bekning 23 sentabr kuni e’lon qilingan podkastida.
DeSantis, şuningdek, agar Kiyev bu yordamdan mojaroga barham beriş uçun foydalanmasa, Ukrainaga yordam böyiça «oçiq çek» taqdim etişni töğri deb hisoblamasligini yana bir bor ta’kidladi.
Ukrainaga Amerika yordamining yangi paketi
Ron DeSantis bilan suhbat AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Oq uyda qabul qilganidan ikki kun ötib e’lon qilindi. Oq uyda Ukraina davlat rahbari AQŞ kongressmenlariga Rossiya qurolli agressiyasini qaytarişda öz mamlakatiga harbiy yordam körsatişni davom ettirişga çaqirdi.
Şundan söng, AQŞ ma’muriyati Kiyevga harbiy yordamning yangi paketini e’lon qildi va Baydenning dastlabki qarşiligiga qaramay, Kiyev uzoq vaqtdan beri Vaşingtondan sörayotgan qurol - uzoq masofali ATACMS raketalarining «kiçik partiyasi» berilişini bildirdi.
Şu bilan birga, AQŞning Ukrainaga harbiy yordami keyingi paketlari AQŞ Kongressi roziligini talab qiladi, çunki joriy budjet sentabr oxirida tugaydi. Vakillar palatasidagi respublikaçilarning kiçik, ammo nufuzli bloki Ukrainaga harbiy yordam davom etişiga qarşi bölib, Markaziy va Janubiy Amerikadan köplab muhojirlar oqimi fonida Qöşma Ştatlar öz çegarasini mustahkamlaşga e’tibor qaratişi kerakligini ta’kidlaydi.
Bayden Ukrainaning NATOga kiriş vaqti hali kelmadi, degan fikrda
Oq uy Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirişga va’da berdi. Şu bilan birga, Jo Bayden hozir Ukrainaning NATOga kirişi uçun vaqt töğri kelmaydi, degan fikrni bildirdi. «Hozirgi vaqtda, uruş örtasida Ukrainani NATOga qabul qiliş yoki qabul qilmaslik borasida NATOda konsensus yöq deb öylamayman», degandi Amerika prezidenti iyul oyida CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Florida gubernatori Ron DeSantis yil boşida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini «hududiy bahs» deb atagani uçun nufuzli respublikaçilarning tanqidiga uçragan edi.












