Rossiya 1991 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasiga köra, Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi, dedi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov. Biroq, uning sözlariga köra, Rossiya tomoni uçun hujjatning asosiy bandi Ukrainaning har qanday harbiy ittifoqlarga qöşilişdan boş tortişi bölgan.

«Deklaratsiyada juda köp yaxşi narsalar bor, jumladan, ular milliy ozçiliklar huquqlarini hurmat qilişi, rus tili va boşqa tillarning huquqlarini hurmat qilişi, unda rus tili töğridan-töğri tilga olingan. Keyin bularning barçasi Ukraina Konstitutsiyasiga kiritildi», dedi Lavrov.

Vazir, şuningdek, BMT Nizomi asosida suveren davlatlar örtasidagi munosabatlar tamoyillari deklaratsiyasini ham eslatib ötdi, unda xalqlarning öz taqdirini özi belgilaşi tamoyilini hurmat qiliş bandi ham mavjud.

«Ukrainaning hududiy yaxlitligi bilan boğliq muammolarimiz yöq, uni davlat töntarişini amalga oşirganlar va qöllab-quvvatlaganlar yöq qildi, ularning rahbarlari öz xalqiga qarşi uruş e’lon qilib, öz xalqini bombardimon qila boşladi», dedi vazir.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina uruşi uçun «tinçlik formulasi»ni taklif qilar ekan, Rossiya qöşinlarini olib çiqib ketişi va Ukrainaning 1991 yilgi çegaralari doirasida hududiy yaxlitligini tiklaş şartligini ta’kidlagan edi.

Rossiya bu rejani rad etdi, çunki reja «qöşib olingan hududlarni» Rossiyaniki deb tan olmaydi.