08:59 / 29.09.2023
4405

Toshkentdagi 8 ta restoran Mastercard kartalarining sohiblari uchun maxsus takliflarni joriy etdi

Foto: Mastercard

Mastercard premial kartalari sohiblarini Toshkentdagi mashhur maskanlarda bosh oshpazlardan maxsus tortiqlar, shuningdek 10–15 foizli chegirmalar kutadi. Hamkorlar ro‘yxatida – poytaxtning eng ajoyib muhitga ega restoranlari, gastropab, steyk-xaus va boshqalar mavjud.

20 sentabrda Mastercard premial kartalar uchun imtiyozlar dasturini taqdim etdi. Endi karta sohiblari nafaqat chet eldagi sayohatlar vaqtida, balki O‘zbekistonda ham maxsus takliflardan foydalanishlari mumikn. Hozirda paket gastronomiya, sayohatlar, xaridlar, go‘zallik va salomatlik sohalarida butun dunyo bo‘ylab 800 dan ziyod taklifni va Toshkentdagi eng ajoyib muhitga ega restoranlardan 8 dan ortiq taklifni o‘z ichiga oladi. Imtiyozlarga ega bo‘lish uchun ofitsiantga buyurtma to‘lovini qilishdan oldin karta turini ma’lum qilish hamda World Mastercard Black Edition va World Elite Mastercard kartalari yordamida to‘lovni amalga oshirish yetarli.

Mastercard premial kartalari sohiblari quyidagilar istagida bo‘lishsa, imtiyozlardan foydalanishlari mumkin:

  • “Roni Pizza Napoletana”da haqiqiy neapolitan pitssasini tanovul qilish

Taklif barcha filiallarda amal qiladi: “Gross Plaza”, “Bahor” va “Boulevard”. “Roni”da pitssa qoidasiga ko‘ra yog‘och o‘tinli pechda pishiriladi va yumshoq, yengil, ishtahani qo‘zg‘atuvchi bezaklarga ega.

Mastercard imtiyozli kartalari sohiblari 15 foizli chegirmaga ega bo‘ladilar.

  •  “Na nebe” restoranida oilaviy kechki ovqat uyushtirish

“Na nebe” — Yevropa, Osiyo va milliy taomlarga mualliflik nazari bilan qaralgan o‘ziga xos muhitli maskan.

Mastercard imtiyozli kartalari sohiblari sovg‘aga maxsus desert oladilar.

  •  “Winesday Cafe & Wine Shop”da nonushta qilish

Bu yerda kunni tryufelli omletdan, karamelli brioshi, qorag‘atli boul va yong‘oqli granola hamda boshqa gastronomik quvonchlardan boshlash mumkin. Nonushtalarni soat 8 dan boshlab tortishadi.

Mastercard imtiyozli kartalari sohiblari barcha nonushtalarga 10 foizli chegirmaga ega bo‘ladilar.

  • “Myasnoy” steykxausda jamoaviy kechki ovqat tanovuli

Muhit – brutal, menyu – ayni go‘shtli. Marmar mol go‘shti Dry Aged texnologiyasi bo‘yicha pishirilgan, shu sabab steyklar yumshoq, mayin, yong‘oq ta’mi va xushbo‘y bo‘lib pishadi.

Mastercard imtiyozli kartalari sohiblari sovg‘aga desert oladilar.

·      “Rakovarnya” gastropabiga tashrif buyurish

Bu yerda qisqichbaqa bo‘ynidan spring-rollar, maxsus sho‘rva va bevosita qisqichbaqalarning o‘zi – an’anaviy, Don yoki amerikancha usuldagi, qaymoqli sousda yoki dudlangan ko‘rinishda taqdim etiladi. Shuningdek, midiyalar, krevetkalar, grebeshoklar va boshqa ko‘plab dengiz mahsulotlari mavjud.

Mastercard premial kartalari sohiblarini “Rakovarnya” ichimlik bilan mehmon qiladi.

  • Arkadiy Novikovning “Syrovarnya”siga xotirjam nonushta/tushlik/kechki taom uchun kirish

Bu yerda har tong yangi fermer sutidan buratta, skamorsa, xalumi, strachatella va boshqa turdagi pishloq tayyorlanadi. Menyu ham shunga yarasha: pastalar, bruskettalar, yog‘och o‘tinda pitssa, mualliflik salatlari.

Mastercard premial kartalari sohiblari sovg‘ani o‘zlari tanlashlari mumkin: maxsus desert yoki yangi pishloq.

Mastercard imtiyozlar dasturini kengaytirishda davom etadi. O‘zbekistonda maxsus takliflar taqdim etilgani haqida mastercard.uz saytida birinchi bo‘lib bilish mumkin.

Sayt

Instagram

Ma’lumot uchun

Mastercard (NYSE: MA) — to‘lov industriyasida ishlovchi global texnik kompaniya. Missiyamiz – xavfsiz, sodda, texnologik va hammabop tranzaksiyalarni ta’minlab, hammaga va har yerda afzallik beruvchi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kuchaytirish. Tarmoqdagi himoyalangan ma’lumotlarni qo‘llab, hamkorliklarni yo‘lga qo‘yib va ilhom manbalariga tayanib, biz insonlarga, moliyaviy institutlarga, hukumatlar va biznesga o‘zlarining eng katta salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi innovatsiyalar va yechimlarni taqdim etamiz. Biz 210 dan ziyod iqtisodiyotda biznes yuritamiz va barcha uchun bebaho imkoniyatlar ochadigan barqaror dunyoni yaratamiz.

Reklama

 
 
Top