«Rasmiy vakolatxonani oçiş bizga joylardagi ehtiyojni yaxşiroq tuşuniş imkonini beradi va biz eng zamonaviy raqamli texnologik yeçimlarni taklif etib, yanada ğayrat bilan işlaymiz. Endilikda barçaning manfaati uçun, yaqin yillarda raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti böyiça umumiy maqsadlarga erişiş yölida, biz yanada faol va unumli işlaşimizga aminman», — dedi Mastercard’ning Şarqiy Yevropa, Yaqin Şarq, Afrika mintaqasi böyiça prezidenti Dimitrios Dosis.
Ötgan yilda Mastercard va Özbekiston Markaziy banki örtasida uç yillik Raqamli texnologiyalar sohasida şeriklik töğrisida kelişuv va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kiçik va örta korxonalarni raqamlaştiriş, fintex, kiberxavfsizlik, turizm, aqlli şahar, moliyaviy savodxonlik, şuningdek moliyaning hammabopligi kabi asosiy yönalişlar böyiça Anglaşuv memorandumi imzolangandi.
Mastercard ― tölovlar sohasidagi global texnologik kompaniya. Kompaniya missiyasi – tranzaksiyalarni xavfsiz, sodda, aqlli va hamyonbop qiliş orqali hammaga, hamma joyda foyda keltiradigan inklyuziv raqamli iqtisodiyotni şakllantiriş va kuçaytiriş.












