O‘zbekiston | 17:00 / 04.10.2023
4587
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ ustav kapitalini ikki baravarga oshirdi

Foto: KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi

“KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan jamiyatning ustav kapitali 45 milliard so‘mdan 90 milliard so‘mga oshirildi. Bu qaror kompaniyaning operatsion faoliyatini kengaytirish va moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida qabul qilindi.

"Ustav kapitalining ko‘payishi bizga nafaqat O‘zbekiston sug‘urta bozorida, balki xalqaro sug‘urta bozorlarida yanada faol xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

 Shuningdek kompaniya yangi mijozlar jalb qilishni va sug‘urta xizmatlari safini kengaytirishni rejalashtirmoqda", - deb ta’kidladi Kompaniya Bosh direktori Norov Zarif Shamsiddinovich.

Sug‘urta bozorini tartibga soluvchi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi yetakchilardan sanaladi.

Kompaniya tomonidan joriy yil II-yarim yillik natijalari bo‘yicha 200 mingdan ziyod sug‘urta shartnomalari tuzilib, 61,1 trln so‘mlik sug‘urta himoyasi taqdim etildi.

Faol jamoaviy mehnat natijasida hisobot davrida 220,2 mlrd so‘m miqdorida qayta sug‘urta mukofotlari yig‘ilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 barobarga ko‘pdir, bu respublika sug‘urta kompaniyalari tomonidan 2023 yilning birinchi yarim yilligi uchun olingan qayta sug‘urta mukofotlari umumiy hajmining 13 foizini tashkil etadi.

“KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ ustav kapitalining oshirilishi kompaniyaning mamlakat sug‘urta bozoridagi o‘rnini mustahkamlash bilan birga O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Reklama huquqi asosida