«Toshkent» aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi
Bu joyda oxirgi marta ta’mirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan.
«Toshkent» aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash ishlari boshlangani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Toshkent aeroportining ayerodrom majmuasini ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, B1-B5 va B11-B17 samolyot turar joylarini, shuningdek, RD-B yurish yo‘lini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. Kapital ta’mirlash doirasida sun’iy qoplama mustahkamlanadi.
«Bu joyda oxirgi marta ta’mirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan. Foydalanish muddati uzoq bo‘lganligi sababli ta’mirlashni talab qiluvchi nuqsonli joylar shakllangan», — deya izoh berildi Uzbekistan Airports kompaniyasining parvozlarga aerodromda texnik ta’minot ko‘rsatish bo‘limida.
Ta’mirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
14:07 / 09.09.2024
9 sentabrda mahalliy aviareyslarning ayrimlari xalqaro terminalda amalga oshiriladi
18:28 / 10.05.2024
Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi
15:07 / 09.03.2024
Markaziy Osiyodagi ko‘hna havo qo‘nalg‘asi – Toshkent aeroporti tarixi
16:44 / 10.02.2024