Özbekiston fuqaro aviatsiyasi tarixi 1921 yildan boşlanadi. Öşanda Aşxobod-Kerki-Termiz yönalişida ilk bor yölovçi samolyoti parvoz qiladi. Köp ötmay Toşkentda aerodrom quriş harakatlari boşlanadi.

1923 yil mart oyida “Dobrolet” ixtiyoriy havo flotining Butunrossiya jamiyati taşkil etiladi. Öşa yili avgust oyida jamiyatning Örta Osiyo bölimi tuziladi va Özbekistonda fuqaro aviatsiyasini yölga qöyiş işlari boşlanadi.

Yirik şaharlar orasida havo qatnovlarini yölga qöyiş imkoniyatlari örganilib, aerodromlar taşkil etiş uçun joy tanlaş va uçiş-qöniş yölaklarini taşkil etiş uçun işlar boşlanadi.

Öşa paytda juda katta hududda joylaşgan Markaziy Osiyo respublikalarining turli şaharlari faqat temiryöl tarmoği orqali boğlangan, avtomobil yöllari tarmoği yöq edi.

Fuqaro aviatsiyasi eng avvalo rahbarlar uçun zarur edi. Çunki Toşkentdan Samarqand, Buxoro, Aşxobod yoki Olmaotaga maşina qatnovi yöq, ot yoki tuyada oylab, temiryöl orqali haftalab yöl bosiş kerak bölardi.

Qolaversa, hali joylarda sovet hokimiyati örnatilmagani uçun respublika rahbarlarining karvon bilan otda yurişi yoki uzoq hududlarga poyezdda ketişi birmunça xavfli edi. Ana şular inobatga olinib Toşkentda aerodrom quriş işlari boşlanadi.

1923 yilning yozida Moskvadan yuborilgan mutaxassislar tomonidan Toşkent aerodromining asosiy va zaxira maydonlarini quriş işlari boşlanadi.

Toşkentdagi aerodrom, 1920-yillar ikkinçi yarmi

Şu bilan birga harbiy havo kuçlarida xizmat qilib kelayotgan ba’zi uçuvçilar va aviatsiya mutaxassislari “Dobrolet”ga ötkaziladi. Söng dastlabki oltita “Yunkers” Toşkent aviatsiya otryadiga topşiriladi.

1924 yil 3-12 may kunlari Toşkent-Pişpek-Olmaota yönalişi böyiça avval sinov parvozi ötkaziladi. Keyin esa yölovçi taşiş parvozlari amalga oşiriladi.

Şu tariqa 12 may Özbekistonda fuqaro aviatsiyasining boşlanişi sifatida tarixda qoladi. Köp ötmay Toşkent-Buxoro-Xiva-Törtköl, Toşkent-Buxoro-Qarşi-Termiz qatnovlari ham oçiladi.

Öşa paytda Özbekistonning poytaxti Buxoro şahrida bölgani uçun “Dobrolet”ning asosiy bazasi şu şaharda joylaşgandi.

Kiçik aerodromda “Sovpiç” va “Farman”, şuningdek xorijda işlab çiqarilgan bir qança samolyotlar bor edi. Uçuvçilar juda oğir şaroitlarda işlaşardi.