Toşkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytiriş maqsadida quriliş işlari boşlangan. Şu munosabat bilan aeroport hududida ayrim çeklovlar joriy etilgan.

“Uzbekistan Airports”ning xabar berişiça, avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirişi uçun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yölovçilarni tuşiriş va oliş uçun alohida yölak ajratilgan.

Uşbu yölakdan foydalaniş bepul, ammo yölovçilarni tuşiriş va oliş muddati 10 daqiqadan oşmasligi lozim. Aeroport xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, agarda transport vositalari bu vaqtdan köproq qolsa, jarimaga tortiladi. Uzoqroq vaqtga töxtaş kerak bölsa, avtoturargohdan foydalaniş lozim.

Şuningdek, terminalda rekonstruksiya işlari tufayli Toşkent xalqaro aeroportining jönab ketiş zaliga kuzatuvçilarning kirişi vaqtinça çeklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlarga hamrohlik qiluvçi şaxslarga jönab ketiş zaliga kirişga ruxsat etiladi. Kuzatuvçilar özlari bilan şaxsni tasdiqlovçi hujjat olib kelişlari kerak.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbariyati va Toşkent xalqaro aeroporti ma’muriyati vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söragan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil 8 dekabrda Toşkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya işlari boşlangani, estakadaga çiqiş çeklanişi ma’lum qilingandi.

Keyinroq quriliş işlari 2025 yilgaça davom etişi, aeroport qanday körinişga kelişi xabar qilingan. Ammo asosiy savollar oçiq qolgandi.

Kun.uz 2023 yil 10 dekabr sanasida quriliş-ta’mirlaş loyihasiga oid bir qança savollar bilan “Uzbekistan Airports”ga yuzlangan edi. Ammo şu vaqtgaça bu borada javob berilgani yöq. Kompaniya rekonstruksiya hududida OAV uçun oçiq press-tur taşkil qilişni, tegişli savollarga şu turda javob berilişini ma’lum qilgandi.