O‘zbekiston | 07:40 / 06.12.2023
4523
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda gepatitni aniqlash uchun o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilindi

O‘zbekistonda har yili aholi virusli gepatitning B va C turlariga skrining tekshiruvlardan o‘tkazilishi haqida xabar berilgan. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi 65 dan ortiq oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ushbu kasallikni aniqlash uchun bepul skrining tashkil etildi.

2023 yilning hozirgi davriga qadar 696 147 nafar aholi gepatit B turiga va 696 045 nafar aholi gepatit C turiga skrining tekshiruvidan o‘tkazildi. Ulardan 22 307 nafarida gepatit B va 22 157 nafarida gepatit C turlari aniqlandi.

Gepatit C ga qarshi dori vositalari xaridi uchun davlat budjetidan 47 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Misr bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 800 ming qadoq dori vositalarini beg‘araz yordam sifatida yuborish uchun kelishuvga erishildi. Hozirgi kunda dori vositalari gepatit C turi aniqlangan bemorlarga bepul tarqatilmoqda.

Mavzuga oid