Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi 2026 yil 1 martdan boşlab migrantlarni ötkir gepatitlar, şuningdek, surunkali virusli gepatit B va C böyiça tekşirişni joriy qilmoqçi.
«Vedomosti» naşrining yozişiça, bu Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida kirib kelayotgan barça çet elliklar, fuqaroligi bölmagan şaxslar va qoçqin sifatida tan oliş yoki Rossiyadan vaqtinçalik boşpana söraş uçun ariza berganlarga taalluqli böladi.
Tibbiy körikdan ötkaziş tartibiga tegişli özgartirişlar loyihasi allaqaçon federal normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylaştirilgan. Tuşuntiriş xatida aytilişiça, özgartirişlar «tibbiy körikdan ötkazişning taşkiliy asoslari va tartibini takomillaştiriş» uçun zarur.
Migrantlar uçun tibbiy guvohnoma Rossiyada işlaş uçun ruxsatnoma, vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma va yaşaş guvohnomasini oliş uçun talab qilinadi. Bu Rossiyadagi çet elliklarning huquqiy holati töğrisidagi qonunda belgilangan.
Hozir migrantlar organizmida giyohvand moddalar va atrofdagilar uçun xavfli bölgan kasalliklar bor-yöqligi tekşiriladi. Bularga OIV, sil, zaxm, moxov kasalliklari kiradi.













