Toshkent va Parij O‘zbekistonda qo‘shma universitet tashkil etishni rejalashtiryapti
Fransiya oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi ishtirokida Toshkent shahrida O‘zbekiston–Fransiya universitetini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Parijda O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiya Madaniyat vazirligi xalqaro hamkorlik departamenti rahbari Metyu Berton bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish zarurligini ta’kidladi.
Tomonlar muzey ishi va tarixiy obidalarni restavratsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash masalasi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda Fransiya Oliy ta’lim va tadqiqotlar vazirligining Xalqaro va Yevropa bo‘yicha hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari Manuel Buar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Fransiya oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi ishtirokida Toshkent shahrida O‘zbekiston–Fransiya universitetini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.09.2024
Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston - 13-o‘rinda
08:40 / 29.08.2024
Parijda yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochildi
16:40 / 28.08.2024
Xitoyda 47 yoshli ota 18 yoshli o‘g‘li bilan birga universitetga o‘qishga kirdi
08:17 / 27.08.2024