28 avgust, çorşanba kuni Parijda XVII yozgi Paralimpiya öyinlari boşlandi. Oçiliş marosimi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da (Toşkent vaqti bilan 23:00) Konkord maydonida boşlandi. Yelisey maydonlarida ötkazilgan jamoalar paradida 4400 ga yaqin sportçi – dunyoning 180 dan ortiq delegatsiyasi vakillari iştirok etdi.
Şou rejissyori, avvalroq Parijda bölib ötgan Olimpiada öyinlarining oçilişi va yakunlanişida bölgani kabi Toma Jolli böldi, xoreografik çiqişlar esa Aleksandr Ekman tomonidan sahnalaştirilgan. Fransiyaning RFI davlat radiostansiyasi efirida Jolli Paralimpiya öyinlarining oçiliş marosimi inklyuzivlik va jamiyatdagi tarqoqlikdan totuvlik sari yölga asoslaganini aytdi.
Paralimpiya öyinlari 8 sentabrga qadar davom etadi. Musobaqada iştirok etayotgan sportçilar 22 sport turi böyiça medallar uçun kuraş olib boradi.

Özbekiston delegatsiyasi
Marosimda Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etdi. Unda Husniddin Norbekov va Mohigul Hamdamova bayroqdorlik qilişdi.
Tört yillikning nufuzli turnirida Özbekiston şarafini 65 nafar sportçi himoya qiladi. Ular jami 113 ta litsenziyaga ega çiqişgan.

Rossiya va Belarus sportçilari Paralimpiya öyinlarida
Rossiya va Belarus sportçilariga Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi munosabati bilan kiritilgan sanksiyalar tufayli Paralimpiya öyinlarida faqat neytral maqomda iştirok etişga ruxsat berildi. Bu sportçilar Öyinlarning oçiliş marosimida qatnaşmadi. Ularga öz mamlakatlari bayroqlaridan foydalanişga ruxsat berilmaydi, agar ular ğalaba qozonsa, davlat madhiyasi yangramaydi. TASS agentligi Xalqaro paralimpiya qömitasiga tayanib, öyinlarda 90 nafar rossiyalik va sakkiz nafar belaruslik iştirok etişiga ruxsat berilganini xabar qildi.
Bu qaror tanqidlarga sabab böldi. Xususan, Germaniya imkoniyati çeklangan sportçilar uyuşmasi (DBS) prezidenti Fridxelm Yulius Boyxer Rossiya Federatsiyasi va Belarus sportçilariga Paralimpiya öyinlarida «örin yöq»ligini aytdi. «Agar Olimpiada va Paralimpiya öyinlari tinçlik xabarini yetkazmoqçi bölsa, boşqa davlatga hujum qilib, ölim va halokat sepayotgan davlat sportçilariga ukrainalik sportçilar bilan birga musobaqalaşiş imkoniyati berilmasligi kerak», dedi Boyxer.















