Ikki kun avval Parijda uşlangan Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov kiberjinoyatçilikka oid tergov doirasida hibsga olingani haqida Fransiya poytaxti prokuraturasi 26 avgust, duşanba kuni keçqurun ma’lum qildi. Idora ma’lumotlariga köra, u, xususan, uyuşgan guruhlarning jinoiy faoliyatiga kömaklaşiş, ma’lumotlarni rasmiylarga topşirişdan boş tortiş hamda bolalar pornografiyasi, giyohvand moddalar savdosi, firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallaştiriş bilan boğliq jinoyatlarga şeriklikda gumon qilinmoqda.
Reuters ta’kidlaganidek, tergovni kiberjinoyatçilik bilan kuraşiş milliy bölinmasi va firibgarlikka qarşi kuraş bölimi olib bormoqda. Durov Telegram platformasi orqali amalga oşirilgan moliyaviy va kiberjinoyatlarga nisbatan harakatsizlikda ayblanmoqda, dedi agentlikka Fransiya politsiyasi vakili.
Hozirda bu iş yuzasidan 12 ta jinoyat böyiça tergov olib borilmoqda, Durovga nisbatan Fransiyada sud jarayoni 8 iyul kuni boşlangan. Parij prokuraturasi press-relizida aytilişiça, hibsga oliş muddati 96 soatgaça, ya’ni 28 avgustgaça davom etişi mumkin.
Durovning Fransiyadagi hibs muddati uzaytirildi
Fransiya sud organlari 25 avgust, yakşanba kuni 39 yoşli Telegram asosçisi Pavel Durovni hibsda saqlaş muddatini yana 48 soatga uzaytirdi, deya xabar bermoqda AFP tergovga yaqin manbaga tayanib.
Durov 24 avgust kuni keçqurun Le-Burjye aeroportida qölga olingan. Jurnalistlar ta’kidlaşiça, söroq uçun hibsga olişning dastlabki muddati maksimal 96 soatgaça davom etişi mumkin. Bu vaqt içida Durov ayblanişi yoki ozod etilişi kerak.
Telegram Durov hibsga olinganidan keyin birinçi rasmiy bayonotni e’lon qildi
Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asosçisi va boş direktori Pavel Durovning hibsga olinişiga birinçi marta izoh berib, yakşanba kuni keçqurun rasmiy bayonotni e’lon qildi, unda «platforma yoki uning egasi uşbu platformadagi huquqbuzarliklar uçun javobgar ekanligini da’vo qiliş bema’nilik» ekani aytilgan.
«Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunga amal qiladi – uning moderatsiyasi soha standartlariga javob beradi va doimiy ravişda takomillaştiriladi. Telegram boş direktori Pavel Durovning yaşiradigan heç narsasi yöq va u tez-tez Yevropa böylab sayohat qiladi. Platformadagi suiiste’molliklar uçun platforma yoki uning egasi javobgar, deb da’vo qiliş bema’nilikdir», - deyiladi bayonotda.












