O‘zbekiston | 09:00 / 30.12.2023
4532
5 daqiqa o‘qiladi

Artikul Aziya Kabel - mukammallik sari 10 yil

Artikul Aziya Kabel - kabel-o‘tkazgich mahsulotlari ishlab chiqaruvchi milliy kompaniya bo‘lib, joriy yil o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda. 2013 yilda tashkil etilgan bu korxona O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining yetakchi korxonalaridan biri sifatida tanilgan.

Foto: Artikul Aziya Kabel

Hozirgi vaqtda korxonada zamonaviy materiallar asosida, dunyoning yetakchi kompaniyalari texnologik liniyalaridan foydalangan holda 3000 dan ortiq marka-o‘lchamli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bular past va yuqori kuchlanishli elektr kamquvvatini uzatuvchi kabellar, elektr mashinalari chulg‘amlari uchun emal izolyatsiyalik o‘tkazgichlar, aloqa tizimlari, boshqarish, maishiy va boshqa maqsadlarda ishlatiluvchi kabellar va o‘tkazgichlardir.

Mahsulotlar konstruksiyasini yaratish, texnologik jarayonlarni loyihalash va mahsulot sifatini nazorat qilish sohaning yetakchi kompaniyalarida tajriba orttirgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Texnologik uskunalar, muntazam ravishda malakasini oshirib kelayotgan operatorlar tomonidan boshqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonivichning elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibori va ushbu sohadagi kompaniyalarga berilgan imtiyozlari, “AAK” zavodiga 2021-2023 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va nomenklaturani kengaytirishga qaratilgan 20 million dollardan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon berdi. Natijada, ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan eksport miqdori deyarli 2 baravar oshib, mos ravishda qariyb 1 trln so‘m va 50 million dollarni tashkil etdi. Ish o‘rinlari soni ham ikki baravarga ortib, 380 kishini tashkil etdi.

Ayni damda, zavodning 10 yilligi munosabati bilan ishga tushirilgan ushbu loyihalardan biri — “tikilgan” polietilen izolyatsiyali, zamonaviy 6-35 kV kuchlanishga mo‘ljallangan kabellarni ishlab chiqarishdir. Bunday turdagi kabellar, eski konstruksiyalardan quyidagi ustunliklari sababli O‘zbekiston Respublikasi energetika iqtisodiyotida katta talabga ega:

— ekspluatatsiyadagi yuqori ishonchlilik;

— kabel liniyalarini rekonstruksiya qilish va ishlatish uchun xarajatlar kamligi;

— past dielektrik yo‘qotishlar (dielektrik yo‘qotish koeffitsiyenti 0,008 o‘rniga 0,001);

— shikastlanishga yuqori chidamlilik va kam nam singdirishi;

— tok o‘tkazuvchi tomirning ruxsat etilgan harorati oshirilganligi hisobiga (uzoq muddatli qizishda 70°S o‘rniga 90 °S, ortiqcha kuchlanish paytida 90° o‘rniga 130 °S)

o‘tkazish xususiyatining yuqoriligi;

— qisqa tutashuvlar paytida yuqoriroq termik barqarorlik toki (200°S o‘rniga 250 °S);

— oldindan qizdirmasdan yotqizish uchun ruxsat etilgan haroratning pastligi (0 °S o‘rniga -20 °S);

— og‘irligi, diametri va egilish radiusi kamligi hisobiga murakkab trassalarda yotqizishning osonligi;

— chegaralanmagan sathlar farqiga ega bo‘lgan trassalarda yotqizish imkoniyati;

— o‘rnatish va ekspluatatsiyaning ekologik tozaligi (qo‘rg‘oshin, yog‘, bitum yo‘qligi).

Bundan tashqari shu kunlarda, prezidentimizning shu yo‘nalishda qo‘ygan vazifalariga javob-beruvchi “yashil energetika” kabellari va o‘tkazgichlarini ishlab chiqarish yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda.

Kompaniya shu yutuqlar bilan to‘xtab qolmoqchi emas. 2024 yil uchun 5 million dollardan ortiq investitsiya loyihalari ishlab chiqila boshlandi. Ushbu dasturning asosiy maqsadi Yevropa bozorlarida talabgir kabellar va o‘tkazgichlarni o‘zlashtirishdir. Shu maqsadda xalqaro sifat sertifikatlarini olish ishlari ham olib borilmoqda. Bir guruh kabellar uchun Yevropa muvofiqlik sertifikati allaqachon olingan, marrada Britaniyaning “ BASEC” kabel muvofiqlik xizmati sertifikati turibdi.

Import o‘rnini bosuvchi mahsulot turlarini rivojlantirish ham kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor yong‘in tarqatmaydigan, yonishda kam gazlar ajratib chiqaradigan, galogensiz va yong‘inga chidamli turdagi xavfsiz hamda zararsiz kabellarni ishlab chiqarishga qaratilmoqda.Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biri ahil va yuqori malakali xodimlar jamoasidir. Shuning uchun ham kompaniyada barcha xodimlar uchun mehnat qilish, o‘z malakasini oshirish va ijtimoiy hayot uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bular qatoriga mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, “ustoz-shogird”, “oilaviy sulola” kabi samarali tizimlardan foydalangan holda ishchilarni o‘qitish, samarali moddiy va ma’naviy motivatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilganligi kabilar kiradi.

“AAK” jamoasining kuchli tomonlari sifatida asosiy yo‘nalishlar rahbarlarida yetakchilik xususiyati mavjudligi, vazifalarni hal qilishda butun jamoaning hamjihat ishtiroki, tizimni takomillashtirish bo‘yicha doimiy izlanishlar va iste’molchi manfaatlarining ustuvorligi kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Reklama huquqi asosida