Jahon | 15:59 / 05.01.2024
13156
5 daqiqa o‘qiladi

Ukraina tankchilari Avdiyivka yaqinida yangi janglarga tayyorlanmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 680-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi Qrim ustida o‘nta aviatsiya raketasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Sevastopolda raketa parchalari tushishi oqibatida bir kishi jarohatlangan. Ukraina qurolli kuchlari esa RF qo‘shini qo‘mondonlik punktiga zarba berilganini aytmoqda.
  • Ukraina razvedkasi Chelyabinskdagi harbiy aerodromda o‘tkazilgan «maxsus amaliyot» vaqtida Su-34 bombardimonchi samolyotiga o‘t qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi.
  • The Wall Street Journal nashri Rossiya kichik masofaga harakatlanuvchi ballistik raketalar xarid qilish bo‘yicha Eron bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
  • Rossiya qo‘shini Xarkiv va Kuraxovo bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi.
  • Rossiya qo‘shini zarbalaridan keyin Kropivnitskda energetika infratuzilmasining ikki obekti shikastlangan. Bir kishi halok bo‘lib, yana sakkiz kishi yaralangan.
  • Reuters xabariga ko‘ra, rossiyalik hakerlar «Kiyevstar» operatori tizimiga kiberhujumdan yetti oy oldin — 2023 yil may oyidayoq buzib kirishgan.
  • AQSh Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligining alomatlari yo‘qligini ma’lum qildi.
  • Putin armiyada xizmat qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan xorijliklarni Rossiya fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.

Donbass shimolidagi ukrain tankchilari

Ukraina QK 59-mexanizatsiyalashgan brigada jangchilari Donetsk yaqinidagi Avdiyivka shahrini Rossiya bosqini boshlanganidan buyon himoya qilmoqda. So‘nggi oylarda RF qurolli kuchlari bu yo‘nalishga yirik zaxiralarni to‘pladi va mustahkamlangan shaharni qurshovga olishga urinmoqda. Ammo rus qo‘shini 59-brigadaning shahar janubidagi pozitsiyalarini yorib o‘ta olmadi.

Ukrainaning 59-mexanizatsiyalashgan brigadasi tankchilari Donetsk oblastidagi bazasida 2023 yil 31 dekabrga tayyorlanmoqda. Brigada ko‘p oylardan buyon Avdiyivkani himoya qilmoqda.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
59-mexanizatsiyalashgan brigada tank batalyonining Avdiyivka atrofidagi pozitsiyasiga o‘q-dori yetkazilishi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Marek ismli tankchi yangi yil arafasida Avdiyivka atrofida T-64 tankiga snaryadlarni yuklamoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik tankchilar yopiq pozitsiyadan rossiyaliklarning Avdiyivka atrofidagi pozitsiyasiga o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
59-brigada tankchilari Avdiyivka yaqinida, 2023 yil 31 dekabr
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
T-64 tanki uchun mo‘ljallangan kumulyativ snaryad ko‘targan tankchi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

«Tungi bo‘rilar» yangi yil archasi

Moskvada «Tungi bo‘rilar» motoklubi bayk-markazidagi harbiy ramzlar bilan o‘tkazilgan yangi yil archasi. Suratda — tankchi «Yemel» «Rossiya — sayyora pechi» yozuvli pech ustida aks etgan
Aleksandr Avilov / «Moskva» agentligi
«Tungi bo‘rilar» klubi bayk-markazida uyushtirilgan archa bayramida «G‘alaba bayrog‘i» nusxasi
Aleksandr Avilov / «Moskva» agentligi
«Tungi bo‘rilar» klubining bayk-markazida uyushtirilgan archa bayramida Ikkinchi jahon urushi davriga mansub «T-70» tanki maketi
Aleksandr Avilov / «Moskva» agentligi
Qorbobo, Qorqiz va Putinning safdoshi bo‘lgan bayker Aleksandr Zaldastanov («Xirurg») bilan «Tungi bo‘rilar» klubining militar yangi yil archasi bayramida
Aleksandr Avilov / «Moskva» agentligi

Mavzuga oid