Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen 20 sentabr kuni Kiyevga keladi. Bu haqda fon der Lyayyen 19 sentabr, payşanba kuni Bryusselda ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, uşbu taşrif davomida u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Yevropa Ittifoqidan Kiyevga qöşimça tölovlarni taqsimlaş tafsilotlarini muhokama qilmoqçi. 160 million yevro miqdoridagi mablağ mamlakat energetika tizimini mustahkamlaş va qişga tayyorlaş uçun möljallangan. «Harorat pasaygani sari Yevropa Ittifoqi Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga tayyor, biz qişga birgalikda tayyorlanyapmiz», — deya ta’kidladi fon der Lyayyen.

Yevrokomissiya rahbarining sözlariga köra, Ukrainaga ajratilgan 160 million yevroning 60 millioni issiqlik punktlarini tartibga soliş va boşqa gumanitar ehtiyojlarga, qolgan 100 millioni esa Rossiya armiyasi hujumlaridan zarar körgan issiqlik elektr stansiyalarini tiklaş va Ukraina hududida yangi quyoş elektr stansiyalarini örnatişga yönaltiriladi. Fon der Lyayyenning sözlariga köra, uşbu mablağlar bir qismi Rossiyaning Yevropa Ittifoqida muzlatilgan aktivlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Ukraina energetika tizimi kelayotgan qişga tayyor emas

Kelgusi qiş Ukraina energetika infratuzilmasi uçun Rossiyaning mamlakat energetika obektlariga davom etayotgan hujumlari tufayli eng jiddiy sinov böladi. 19 sentabr kuni Bryusselda taqdim etilgan Xalqaro energetika agentligi (XEA) hisobotiga köra, qişda energiya ta’minoti taqçilligi olti gigavatt (GVt)ga yetişi mumkin, bu Daniyaning yillik eng yuqori talabiga teng.

XEA hisobotiga köra, 2022 va 2023 yillarda Ukrainaning elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati qariyb yarmi Rossiya kuçlari tomonidan bosib olingan, vayron qilingan yoki jiddiy şikastlangan. Agentlik Yevropa davlatlarini Kiyevni şikastlangan energetika obektlarini tiklaş uçun zarur asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaşga hamda joriy qiş mavsumida Ukrainaga elektr va gaz yetkazib berişni köpaytirişga çaqirdi.