O‘zbekiston va Avstriya elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalarni rejalashtiryapti
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya Elektronika va elektrotexnika uyushmasi ekologiya va barqaror rivojlanish bo‘limi ijrochi direktori Manfred Myullner bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda, shuningdek, Avstriya Iqtisodiy palatasining mintaqaviy menejyeri Kozima Shtayner ham qatnashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Avstriya elektrotexnika korxonalari bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Avstriya vakili O‘zbekiston bilan elektrotexnika sohasida hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish mavjudligini va aniq natijaga qaratilgan ishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida shu yilning mart va aprel oylarida Venada ikki mamlakat korxonalari vakillari ishtirokida alohida uchrashuv tashkil etishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
14:00 / 05.09.2024
Avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimi joriy etilishi mumkin
13:56 / 05.09.2024
O‘zbekistonda bu yil sim karta, to‘lov kartasi va litiy batareyasini ishlab chiqarish boshlanadi
13:52 / 05.09.2024
Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy elektrotexnika habiga aylantirish kerakligini ta’kidladi
13:50 / 05.09.2024