Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bu yil sim karta, to‘lov kartasi va litiy batareyasini ishlab chiqarish boshlanadi
Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Prezident "O‘zeltexsanoat" uyushmasining unga yangi a’zo bo‘lganlardan 2 yil, aylanmasi 10 milliard so‘mdan kam korxonalardan esa umuman badal olmaslik, ularning mahsulotlarini “Eltex Lab” laboratoriyasida bepul sinovdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatladi.
Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, to‘lov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
15:28 / 16.10.2025
Elektrotexnika sanoatida eksport hajmi 3 mlrd dollarga yetkaziladi
16:00 / 13.10.2025
Elektrotexnika sanoatiga yangi imtiyozlar berilishi mumkin
20:58 / 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
18:03 / 24.08.2025