Avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimi joriy etilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi. Jumladan, muloqotda:
- sanoat elektrotexnika mahsulotlarini lizing asosida sotish tizimini joriy etish;
- yillik eksporti 50 million dollardan ko‘p bo‘lgan korxonalarga aylanma mablag‘ uchun beriladigan kredit miqdorini oshirish;
- foyda solig‘ini hisoblashda korxonalarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflagan xarajatini chegirish tizimini takomillashtirish;
- avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimini joriy etish;
- yangi loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy uskuna sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘ning bir qismini foyda solig‘i bazasidan chegirish kabi taklif va tashabbuslar bildirildi.
Davlat rahbari tegishli vazirlik va idoralarga aytilgan fikr va masalalarni puxta o‘rganib, tegishli hujjatlar loyihalarini kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlari hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Jahon | 18:49
-
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 18:43
-
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Iqtisodiyot | 18:41
-
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi
Jamiyat | 18:37
Mavzuga oid

07:46 / 23.04.2025
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi

14:13 / 24.01.2025
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi

19:32 / 11.01.2025
Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin

20:48 / 09.10.2024