Jahon | 22:31 / 18.01.2024
9872
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Veseloye qishlog‘i ishg‘ol etilganini e’lon qildi

Ukraina rasmiylari bu ma’lumotni tasdiqlamadi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Veseloye qishlog‘ini o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi.

«Donetsk yo‘nalishida janubiy kuchlar guruhi qismlarining muvaffaqiyatli faol harakatlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Veseloye qishlog‘i ozod qilindi», dedi Mudofaa vazirligi vakili.

Ukraina rasmiylari Veseloye qishlog‘i haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Qayd qilinishicha, Mudofaa vazirligi Soledar shimolidagi Donetsk viloyati, Baxmut tumanidagi Veseloye qishlog‘ini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Rossiya armiyasi 2023 yil dekabridan buyon bu yo‘nalishda keng ko‘lamli hujumni amalga oshirmoqda.

Mavzuga oid