Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQŞ prezidenti Jo Baydenni Ukrainaga Storm Shadow raketalari yordamida Rossiyadagi nişonlarga hujum qilişiga ruxsat berişga köndirmoqçi. Bu haqda The Telegraph gazetasi özining Britaniya hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
«Kir Starmer va Emmanuel Makron Donald Trampning AQŞ Ukrainaga körsatayotgan yordamini qisqartiriş harakatlariga tösqinlik qiliş uçun sönggi bor urinib körişi kutilmoqda», — deb yozadi gazeta.
Buyuk Britaniya va Fransiya yetakçilari uşbu mavzuni 11 noyabr kuni Birinçi jahon uruşi yakunlangan sanaga bağişlab Parijda ötkaziladigan marosimda muhokama qiladi. Naşr ma’lumotlariga köra, rasmiy London Bayden «va nihoyat Kiyev bir neça oydan beri urinayotgan ruxsatni berişiga» umid qilmoqda.
Şuningdek, ikki mamlakat yetakçilari Donald Trampning prezident etib saylanişi Yaqin Şarqdagi uruşga qanday ta’sir körsatişini muhokama qiladi. Bundan taşqari, AQŞ va Yevropa örtasidagi ehtimoliy savdo uruşi masalasiga e’tibor qaratiladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir neça oydan beri Ukraina Qurolli kuçlari Ğarb qurollari yordamida Rossiya hududida zarbalar berişga ruxsat söramoqda. Buyuk Britaniya va Fransiya Zelenskiyni bu masalada qöllab-quvvatlayapti, ammo AQŞ qarşilik qilmoqda. Vaşington Rossiya bunday hujumlarga javoban Ğarbdagi harbiy bazalarga zarba berişidan xavotirda.
«Agar Ğarb davlatlari Ukrainaga 2025 yil 20 yanvargaça — Donald Tramp AQŞ prezidentligi lavozimiga kirişgunga qadar Rossiya hududiga hujum qilişiga ruxsat bersa, uşbu qarorni bekor qiliş qiyin böladi», — deyiladi The Telegraph xabarida.












