Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar onlayn auksion orqali ijaraga beriladi
Bunda yer uchastkalari 30 yilga ijaraga beriladi, boshlang‘ich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi.
«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.
Bunda:
- yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30 yilga ijaraga beriladi, boshlang‘ich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
- yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 3 yil muddatda har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
- dehqon xo‘jaligi, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini 5 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
2024 yil 1 martdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin bo‘ladi.
2024 yil 31 dekabrga qadar o‘z hududlarida yerga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, lekin amalda foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha yer uchastkalari bo‘yicha ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki yerni zaxiraga qaytarish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
18:13 / 21.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi
20:13 / 26.04.2026
Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
20:45 / 16.04.2026
To‘rt oy oldin sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi
19:38 / 02.04.2026