2023 yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi
Poytaxtning barcha tumanlarida ijara narxi pasaygan. O‘rtacha hisobda eng qimmat uy-joy ijarasi Shayxontohur (11,8 dollar), Yakkasaroy (10,8 dollar) va Mirobod (11,4 dollar) tumanlarida qayd etilgan. Ijara narxlarining nisbatan arzonligi Uchtepa (7,9 dollar), Sergeli (6,9 dollar) va Bektemir (5,7 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
2023 yilda Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaygan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 5,7 foizga oshgan va 272,4 mingta uy-joy sotilgan. Taqqoslash uchun, 2022 yilda shartnomalarning umumiy soni 257 mingtani tashkil etgan.
Bitimlar hajmining sezilarli o‘sishi Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan, mos ravishda 17,1 foiz va 16,8 foizni tashkil etgan.
Ko‘chmas mulkni sotish hajmining o‘sishiga O‘zbekistonda ipoteka bozorining rivojlanishi yordam bergan, kredit berish hajmi yil davomida qariyb 17 foizga o‘sib, banklar tomonidan aholiga 16,9 trln so‘m ajratilgan.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
2023 yilda poytaxtning uy-joy ijarasi bozori barqarorlashgan. Umuman olganda, bir yil ichida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaygan va har kvadrat metri uchun 9,2 dollarni tashkil etgan. Bir yil oldin bir kvadrat metr uchun poytaxtda ijara narxi 34,6 foizga oshgandi.
Poytaxtning barcha tumanlarida ijara narxi pasaygan. O‘rtacha hisobda eng qimmat uy-joy ijarasi Shayxontohur (11,8 dollar), Yakkasaroy (10,8 dollar) va Mirobod (11,4 dollar) tumanlarida qayd etilgan. Ijara narxlarining nisbatan arzonligi Uchtepa (7,9 dollar), Sergeli (6,9 dollar) va Bektemir (5,7 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Yil davomida ikkilamchi bozor 17,5 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik o‘sish 1,8 foizni, ikkinchisida esa 1 foizni tashkil etgan. Ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlari yil davomida qariyb ikki barobarga oshgan va 7,1 trln so‘mni tashkil etgan. 2022 yilga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm viloyati (30,1 foiz), Toshkent shahri (28,9 foiz) va Buxoro viloyatida (24,5 foiz) qayd etilgan.
Ikkilamchi uy-joy narxlarining yuqoriligi poytaxtda (kvadrat metr uchun 1123 dollar, shuningdek, Samarqand (714 dollar) va Toshkent (627 dollar) viloyatlarida kuzatilgan. Shu bilan birga, arzonroq uy-joy narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (314 dollar), Sirdaryo (348 dollar) va Jizzax (380 dollar) viloyatlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
13:32 / 06.11.2024