Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 19 may kungi yiğilişda nizosiz işlarni hal etiş tartib-taomillarini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi.
Unga köra, quyidagilarga oid qarzdorliklar böyiça nizosiz talablarni körib çiqiş tartibi özgaradi:
- ijara tölovlari;
- köp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va tölovlar;
- kommunal xizmatlar;
- aloqa xizmatlari.
Sanab ötilgan tölovlardan qarzdorlikni undiriş bilan boğliq talablarning miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravaridan köp bölgan taqdirda, amaldagi taomil asosida – sud tomonidan, buyruq tartibida körib çiqiladi.
BHMning ming barobaridan kam bölgan nizosiz talablarga doir işlar esa notariuslar tomonidan körib çiqiladi.
Ma’lumot uçun, BHMning ming barobari hozirda 412 mln sömni taşkil etadi.












