O‘zbekiston | 13:31 / 15.02.2024
28240
4 daqiqa o‘qiladi

16 fevral kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 16 fevral, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va ertalab +9...+11 daraja bo‘ladi, kunduzi +2...+4 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –8...–13 daraja, Ustyurtda kechasi –15...–18 daraja, kunduzi –3...–8 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab +7...+12 daraja bo‘ladi, kunduzi +2...+5 darajagacha pasayadi; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi –2...–7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekund gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab +7...+12 daraja bo‘ladi, kunduzi +2...+5 darajagacha pasayadi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab +2...+7 daraja bo‘ladi, kunduzi 0...–5 darajagacha pasayadi.

«O‘zgidromet» shimoli-g‘arbiy hududlarga 16 fevral kuni kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid