O‘zbekiston | 13:57 / 17.02.2024
129264
4 daqiqa o‘qiladi

Kelasi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 19–21 fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19–20 fevral kunlari kechasi –11...–16 daraja, 21 fevralda –7...–12 daraja, 19 fevral kuni kunduzi 0...–5 daraja, 20–21 fevral kunlari 0...+5 darajagacha ko‘tariladi; Ustyurtda 19–20 fevral kunlari –15...–20 daraja, 21 fevralda –10...–15 daraja, 19 fevral kuni kunduzi –3...–8 daraja, 20–21 fevral kunlari 0...–5 darajagacha tushadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19–20 fevral kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, 19–20 fevral kunlari kunduzi –3...+2 daraja, 21 fevralda +1...+6 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 19 fevral kuni kechasi 0...–5 daraja, 20–21 fevral kunlari kunduzi 0...+5 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. 19–20 fevralda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, 19 fevralda kunduzi –3...+2 daraja, 20–21 fevral kunlari kunduzi 0...+5 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 20–21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19–20 fevral kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, 19 fevralda kunduzi –3...+2 daraja, 20–21 fevral kunlari kunduzi +3...+8 darajagacha ko‘tariladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 20–21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19–20 fevral kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, 19 fevralda kunduzi 0...+5 daraja; 20–21 fevral kunlari kunduzi +5...+10 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19 fevralda kechasi va kunduzi –3...+2 daraja, 20 fevralda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi –3...+2 daraja, 21 fevralda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –8...–13 daraja, kunduzi –4...–9 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid