Tomonlar o‘rtasida zarbalar almashinuvi va Kreminna yaqinidagi janglar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 725-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainlarning DeepState monitoring loyihasi rossiyalik harbiylar Avdiyivkada asirlikka tushgan olti nafar ukrain harbiysini o‘ldirgani haqida xabar berdi. RF mudofaa vazirligi shahar egallangani haqida 17 fevral kuni e’lon qilgandi.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi har kunlik hisobotida «Tsezar Kunikov» yirik desant kemasi halokati ortidan RF Qora dengiz floti rahbari Viktor Sokolov ishdan olingani haqida xabar berdi. Sokolovning iste’fosi haqidagi xabar rasman tasdiqlanmagan.
- Rossiya qo‘shini Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, 14 ta apparatdan 12 tasi urib tushirilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
- Qutqaruvchilar 17 fevral kuni rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan Kramatorsk va Slovyanskda xarobalar ostidan to‘rt kishining jasadini chiqarib olgan.
- Boris Nemsovning qizi Janna Nemsova Navalniyning o‘limiga javoban Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar qo‘llovni kuchaytirish lozimligini aytdi.
Okkupatsiya ostidagi Panteleymonovka o‘qqa tutilishi oqibatlari
«DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin 17 fevral kuni Panteleymonovka posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘lib, yana olti kishi jarohat olgani haqida xabar berdi. Ikki qavatli ko‘p kvartirali uy vayron bo‘lgan: «Binoning yarmi qulagan va yong‘in chiqqan. Xarobalarni tozalash chog‘ida uch kishi qutqarildi», — deyiladi Pushilinning xabarida. Qurbonlar orasida — 2009 yilda tug‘ilgan qiz ham bor.
Keyingi kuni, 18 fevralda, mahalliy rasmiylar «raqibning kassetali o‘q-dorilari detonatsiyaga uchrashi oqibatida» olti kishi jarohat olgani haqida xabar berdi. Panteleymonovkada jarohat olganlar orasida 2012, 2013 va 2014 yillarda tug‘ilgan uch bola ham bor; ularning holati og‘ir, deb baholanmoqda, degan Pushilin.
Liman yaqinidagi rus artilleriyachilari
Slovyansk va Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
17 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kramatorsk va Slovyansk shaharlarini o‘qqa tutdi. To‘rt kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bir oila a’zolari bo‘lgan: 46 yoshli ayol, 23 yoshli o‘g‘il va uning buvisi — ularning jasadlari Kramatorskda vayron bo‘lgan turar joy binosi xarobalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek Slovyanskda maktab qorovuli halok bo‘lgan. Ushbu shaharda «yengilmas punkt» va ijtimoiy oshxona vazifalarini bajargan bino ham shikastlangan.
Ukraina qurolli kuchlarining Kreminna o‘rmonidagi pozitsiyalari
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024