O‘zbekiston | 19:00 / 29.02.2024
29209
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kurerlar qancha daromad topishadi?

To‘liq bandlikda kur’yerlar Toshkentda oyiga 8,5 mln so‘mgacha daromad topishlari mumkin.

Foto: Uzum Tezkor

O‘zbekistonda yetkazib berish xizmati jadal rivojlanib bormoqda — vaqt va kuchni tejash imkoniyati tobora ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilmoqda, buyurtmalar soni oshib bormoqda, bozorda yangi servislar paydo bo‘lmoqda. Uzum Tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda buyurtmalar soni oyma-oy o‘rtacha 30-40% ga o‘sib bormoqda, talab yuqori bo‘lgan vaqtlarda kur’yerlar kuniga 20 taga yaqin buyurtmani yetkazib berishadi.

Moslashuvchan grafik sabab kur’yerlik ishini o‘qish yoki asosiy ish bilan birga olib borish mumkin. Ammo yetkazib berish xizmatiga bo‘lgan talab ortishi bilan qo‘shimcha daromad hisoblangan kur’yerlik ishi asosiy daromad manbaiga aylanib bormoqda. Katta servislardan: Uzum Tezkor, Yandeks.Yeda, Express24 — kurerlarga oyiga 4 mln dan 10 mln gacha oylik taklif qilishmoqda. Uzum Tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda to‘liq bandlikdagi avtokurer oyiga 8,5 mln gacha daromad topishi mumkin, velosipeddagi kur’yer 5 mln ga yaqin, piyoda kur’yerlarining daromadi esa 4 mln so‘mdan oshmoqda. Solishtirish uchun O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 4,4 mln so‘mni tashkil etmoqda, ijtimoiy soha xodimlarining daromadi oyiga o‘rtacha 3 mln so‘mni, Toshkentda avtobus haydovchilarining daromadi esa 5 mln so‘mni tashkil etadi.

Qoida bo‘yicha, servis kur’yerlik faoliyati uchun tarif va ish haqini mustaqil ravishda belgilaydi, ammo asosiy hisoblash algoritmlari barcha katta servislarda bir xil. Masalan, Uzum Tezkor o‘z kur’yerlariga har bir smena uchun minimal kafolatlangan summani joriy qildi, mukofot pulini hisoblashda ham mijozgacha, ham restorangacha bo‘lgan masofani hisobga oldi, qolaversa, kur’yerlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish va faol ishlab o‘z daromadlariga ta’sir qila olishlari uchun bonus tizimini ishlab chiqdi. Oxirgi bir necha oylarda soatiga buyurtmalar soni va zichligi oshishi hisobiga kur’yerlar daromadi 20% dan ko‘proqqa oshdi.

— Muvaffaqiyatli ishlash uchun biz mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligi va narxi o‘rtasidagi balansni, kur’yerlarga esa raqobatbardosh ish haqini ta’minlashimiz zarur. Biz servis foydalanuvchilariga hamyonbop narxdagi yetkazib berish xizmatidan tashqari, taomlarni xuddi restoran narxidagidek, hech qanday yashirin qo‘shimcha to‘lovlarsiz taklif qilamiz, bu yangi mijozlarni jalb qilishga va o‘z-o‘zidan buyurtmalar soni ortishiga sabab bo‘ladi. Natija esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kur’yerning daromadiga ta’sir qiladi. Soatiga katta hajm va yuqori zichlikdagi buyurtmalarni ta’minlash – kundalik ishimizning eng muhim qismidir, — deydi Uzum Tezkor bosh operatsion direktori Denis Serebryakov.

Bugungi kunda yetkazib berish xizmatida minglab kur’yerlar faoliyat yuritadi. Talab ortib borishi, bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi va servislarning geografik jihatdan kengayishi bilan kur’yerlik vakansiyalari va soha vakillarining ish haqi ham oshib boradi — natijada butun mamlakat bo‘ylab munosib haq to‘lanuvchi yangi ish o‘rinlari vujudga keladi!

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid