Jahon | 09:41 / 02.03.2024
15697
2 daqiqa o‘qiladi

Yana ikki multimillioner Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

2017 yildan 2021 yilgacha Baronov va Timashev Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning 200 nafar eng badavlat tadbirkorlari reytingiga kiritilgan.

Foto: AP

Amerikaning Veeam Software va Object First IT kompaniyalari asoschilari Andrey Baronov va Ratmir Timashev Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Bu haqda 29 fevral kuni Forbes nashri xabar berdi. Ikkala tadbirkor ham uzoq vaqtdan beri chet elda yashaydi: Baronov Shveytsariyada, Timashev esa - AQShda. Rossiya pasportidan voz kechgach, ular Kipr fuqaroligini saqlab qolgan

2017 yildan 2021 yilgacha Baronov va Timashev Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning 200 nafar eng badavlat tadbirkorlari reytingiga kiritilgan. 2020 yilda jurnal Baronovning boyligini 770 million dollar, Ratmir Timashevniki 680 million dollar deb baholagan. Ularning boyligi asosi - Veeam Software kompaniyasini Amerikaning Insight Partners venchur fondiga besh milliard dollarga sotishdan olingan daromad. 

Forbes ro‘yxatidagi 9 tadbirkor Rossiya fuqaroligidan voz kechdi 

Andrey Baronov 2023 yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechish uchun hujjatlar taqdim etilishini LinkedIn ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntida e’lon qildi. U postda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga kirishini tanqid qildi va «Ukraina hududidagi ko‘chirilgan ukrainaliklarga» yordam bergan nufuzli gumanitar tashkilotlarga millionlab dollar xayriya qilganini aytdi. 

Forbes ta’kidlaganidek, tadbirkorlar Rossiyaning Kiprdagi elchixonasida fuqarolikdan voz kechish protsedurasidan o‘tgan. Baronov va Timashev Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya fuqaroligidan voz kechgan Forbes ro‘yxatining sobiq va hozirgi a’zolari orasidan sakkizinchi va to‘qqizinchi tadbirkor bo‘ldi. Urush boshlanganidan keyin Forbes’ning quyidagi ishtirokchilari ham Rossiya fuqaroligidan voz kechdi: Ruben Vardanyan («Troyka Dialog»), Timur Turlov (Freedom), Yuriy Milner (DST Global), Nikolay Storonskiy (Revolut), Igor Makarov («Itera»ning sobiq egasi), Oleg Tinkov (Tinkoff Group asoschisi), Vasiliy Anisimov.