Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dron ikkinchi eng yirik po‘lat kombinatiga hujum qildi
Portlash kombinat pechi hududida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q, deya xabar beradi Vologda viloyati gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
7 mart, payshanba kuni ertalab Cherepovetsdagi «Severstal» metallurgiya kombinatiga uchuvchisiz uchish apparati hujum qildi. Bu haqda birinchi bo‘lib mahalliy «Cherepovetskaya istina» nashri xabar berdi, «voqea» haqidagi ma’lumotni keyinroq Vologda viloyati gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Georgiy Filimonov tasdiqladi.
Filimonovning so‘zlariga ko‘ra, «kelib chiqishi noma’lum» uchuvchisiz uchoq «Severstal» korxonasining pechiga urilgan. «Hodisa joyida tezkor-qidiruv xizmatlari ishlamoqda. Ertalab soat 05:40 dan buyon vaziyatni nazoratda ushlab, tergov organlarining xulosasini kutmoqdamiz», — deb yozadi gubernator vazifasini bajaruvchi. Filimonov, shuningdek, hodisa natijasida qurbonlar bo‘lmagani, dron urilgan pechning ishlashi to‘xtamaganini ta’kidladi. Shu bilan birga, «Cherepovetskaya istina» nashri pech «portlagan» deb xabar beradi.
Cherepovets metallurgiya kombinati - Rossiyada ikkinchi yirik po‘lat ishlab chiqarish korxonasi. U Aleksey Mordashovga tegishli «Severstal» kompaniyasiga qarashli. Ukrainada urush boshlanganidan keyin Mordashov Yevropa Ittifoqi va AQSh sanksiyalari ostida qolgan.
UUA Rossiyadagi sanoat obektlariga hujum qilmoqda
Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri turli RF obektlariga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan hujumlar sodir bo‘lmoqda. Shu tariqa, bir kun avval, 6 mart kuni Kursk yaqinidagi kon-qayta ishlash kombinatiga ikkita dron hujum qilgan, fevral oyi oxirida esa UUA hujumi Lipetskdagi po‘lat zavodida yong‘inga sabab bo‘lgan.