Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘zaro sayohat qilish shartlari yengillashtirildi
Endi qozog‘istonliklar O‘zbekistonda 30 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston fuqarolari ham xuddi shunday huquqlarga ega bo‘ladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 6 aprel kuni «Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohat qilish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2000 yil 7 iyuldagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari, agar ularning ushbu mamlakatda bo‘lish muddati davlat chegarasidan o‘tgan paytdan boshlab 30 kalendar kunidan oshmasa, vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tishi talab etilmaydi. Oldin bu muddat 5 kunga teng edi.
Mavzuga oid
13:48 / 04.10.2024
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
21:40 / 03.10.2024
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va qimmat davlatlar ma’lum bo‘ldi
20:02 / 02.10.2024
“Tourist map” interaktiv portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi
19:05 / 02.10.2024