4 oktabr kuni Ostona şahrida Qozoğiston prezidenti Qosim Jömart Töqayev MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengaşining 55-majlisi iştirokçilari bilan uçraşdi. Unda taşkilot Ijroiya qömitasi rahbari, Özbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston maxsus xizmatlari hamda MDH Antiterror markazi rahbarlari qatnaşdi.

Tadbirda mazkur platforma xavfsizlik sohasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş vositasi sifatida özini namoyon etganini, zamonaviy şaroitda Kengaşning roli yanada ortib borayotgani ta’kidlangan.

“Davlat rahbari tezkor va tahliliy ma’lumotlarning öz vaqtida almaşinuvi mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va tahdidlarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş imkonini berişini, mamlakatlarimiz milliy manfaatlarini himoya qiliş böyiça kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqişga xizmat qilişini ta’kidladi.

Qosim Jömart Töqayev uçraşuv yakunlari Hamdöstlik davlatlarining maxsus xizmatlari örtasidagi özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun şart-şaroit yaratişiga, xalqaro xavfsizlikni ta’minlaş sohasida hamkorlikni mustahkamlaşga kömaklaşişiga işonç bildirdi”, — deyiladi Oqörda matbuot xizmati tarqatgan xabarda.