Toshkentda ayollar «burqa»sini kiyib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi
Shuningdek, sud 22 yoshli huquqbuzarga 3 mln 400 ming so‘m jarima ham belgiladi.
Toshkent shahrining «Chorsu» bozorida ayollar «burqa»sini kiyib yurgan yigitga sud tomonidan jarima va 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Unda sud hukmi ustidan 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini berish huquqi bor.
Kun.uz tahririyatida mavjud sud hukmi nusxasida qayd qilinishicha, 19 iyun kuni 22 yoshli P.B. «Chorsu» bozori oldida shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan. U ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to‘xtatilib, shaxsini aniqlash va holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida IIB binosiga taklif etilgan. Ammo yigit qonuniy talablarni bajarishdan bosh tortib, xodimlarning xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan.
20 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida unga qarshi ochilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. P.B. sudda yoshligidan ayollar kiyimiga qiziqqani sababli bozor atrofida «burqa» nomli ayollar kiyimini kiyib yurganini tasdiqlagan.
Sud yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184(4)-moddasi (Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish) hamda 195-moddasida (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topdi.
Huquqbuzarga BHM 10 baravari (3 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Unda sud hukmi ustidan 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini berish huquqi bor.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024