Jamiyat | 07:55 / 16.07.2024
4637
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda daraxtga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisiga 28 mln so‘m jarima qo‘llandi
Mirobod tumanida zarang daraxtiga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisiga 28 million so‘m jarima belgilandi.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Avliyoota ko‘chasi 124-uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida bir tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan.
Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni qo‘porgan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 28 million 390 ming so‘m jarima qo‘llandi.
Mavzuga oid
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
15:31 / 05.09.2024
Samarqandda bir tup terakni kesgan fuqaro 9 mln 375 ming so‘m jarimaga tortildi
07:40 / 22.08.2024