Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bir tup terakni kesgan fuqaro 9 mln 375 ming so‘m jarimaga tortildi
Shuningdek, qoidabuzar fuqaroga o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 680 ming so‘m hisoblangan.
Foto: Ekologiya vazirligi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida ko‘chada o‘sib turgan terakni kesgan fuqaro BHMning 25 barobari miqdorida jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Paxtachi tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R. mahalla hududidagi o‘sib turgan bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani aniqlangan.
Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari miqdorida jarima belgilangan.
Shuningdek, terakni kesgan fuqaroga o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 680 ming so‘m hisoblangan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 sentabrdan boshlab BHM 375 ming so‘m etib belgilangan. BHMning 25 barobari 9 mln 375 ming so‘m bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 06.09.2025
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
19:06 / 14.08.2025
«Afrosiyob» poyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar qamaldi
16:32 / 27.05.2025
Paxtachida bir kunda 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
20:07 / 18.03.2025