Zelenskiy: Dunyo Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazish uchun bosim ko‘rsatishi kerak
Ukraina prezidentining fikricha, «Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan kelishuvga erishish mumkin».
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazish uchun butun dunyo unga bosim ko‘rsatishi kerakligini aytdi, deb yozadi «Ukrinform».
«Bu barcha hududlar kuch bilan bosib olinadi, degani emas. Menimcha, diplomatiyaning kuchi yordam berishi mumkin», — dedi Zelenskiy VVS bilan suhbatda.
Zelenskiyning fikricha, «jang maydonida kuchsizroq Rossiya Ukrainaning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi».
«Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib borish mumkin, deb o‘ylayman», - dedi u.
Ukraina davlati rahbari, shuningdek, G‘arb davlatlari va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlari haligacha Ukrainaga yetib kelmaganini aytdi.
«18 oy o‘tdi, samolyotlar esa hali bizga yetib kelmadi», dedi u va Ukrainaga topshirib bo‘lingan narsalar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklarga «Rossiya havodagi hukmronligini yengish va osmonni to‘sishda» yordam berish uchun yangi qiruvchilar kerak.
Mavzuga oid
22:00 / 18.09.2024
Finlandiya va Estoniya Boltiq dengizida Rossiya flotini bloklash rejasini tayyorlamoqda
13:00 / 18.09.2024
Rossiya elchisi: AQSh bilan qurol nazorati bo‘yicha muloqot imkonsiz
12:20 / 18.09.2024
2,5 yillik urushda Ukraina va Rossiyaning 1 mln harbiysi halok bo‘ldi va yaralandi
22:45 / 17.09.2024