Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:40 / 20.07.2024
2195
2 daqiqa o‘qiladi
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi;
- turizm xizmatlarini, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;
- markaz ("Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK) ariza beruvchining ko‘chmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ijara shartnomasini "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi;
- vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026